HTML, CSS, JavaScript, Git va algoritmlar — oʻzbek tilida, amaliyot bilan. 5 ta kurs butunlay bepul.
Birinchi darsni boshlashSarlavha qoʻshing
Bosh sarlavha uchun <h1> tegidan foydalaniladi. Matnni teg ichiga yozing — brauzer uni darhol ajratib koʻrsatadi.
<h1> — eng muhim sarlavha<h1> boʻladiSalom, dunyo!
Quyidagi editorda <h1>Salom, dunyo!</h1> yozing.
Oʻyindagi kabi darajama-daraja oʻting: har biri oldingisining ustiga quriladi.
ITʼda kimlar ishlashini bilib oling. Hali ikkilanayotgan boʻlsangiz, shundan boshlang.
Qaroringiz aniq boʻlsa, shu yerdan boshlang: sahifani yozasiz va unga rang berasiz.
Sahifangiz bosishga javob beradi, masalani qadamma-qadam yechishni oʻrganasiz.
Dasturchilar har kuni ishlatadigan muharrir va Git bilan tanishasiz.
Hammasini birlashtirib, haqiqiy loyihani internetga chiqarasiz.
Dasturlashni oʻzbek tilida oʻrganing.
"IT nima? Dasturchi, QA, Dizayner, PM kim?" kabi savollarga javob topasiz.
Web dasturlash asoslaridan biri bo'lgan HTML ni sodda uslubda amaliyot bilan uyg'unlikda o'rganing.
HTML orqali yaratgan oddiy websahifalaringizga rang bering.
HTML va CSS bilimlaringizdan kelib chiqib yasagan websahifangizni jonlantiring
Dasturlashda mantiqiy fikrlash, muammolarni qadamma-qadam yechish va fundamental algoritmlarni - JavaScript bilan oson o'rganing.
Dasturchilarning 'vaqt mashinasi' — Git va GitHub orqali loyihalaringiz versiyalarini boshqarish va jamoada ishlashni sodda uslubda 0 dan o'rganing.
Dasturchilar ishlatadigan ish qurollaridan biri VSCode nima ekanligi va uni qanday o'rnatish haqida o'rganib olasiz. Osh bo'lsin!
HTML, CSS, JavaScript, algoritmlar va Git bilimlaringizni birlashtirib, boshidan oxirigacha haqiqiy loyiha — shaxsiy xarajatlar daftarini yarating va uni internetga chiqaring.
Oʻrganganlaringizni loyihada qoʻllaysiz, oʻyinda mustahkamlaysiz va natijangizni sertifikat bilan koʻrsatasiz.
Tayyor dizaynga qarab sahifani oʻzingiz yozasiz. Qiyin joyda yordam va yechim yoningizda turadi.
Loyihalarni koʻrishElementlarni joylashtirish va ranglar bilan ishlashni oʻynab mustahkamlaysiz. Natijani kod bilan yonma-yon koʻrasiz.
Oʻyinlarni koʻrish
Kursni tugatgach raqamli sertifikat olasiz. Uning haqiqiyligini QR kod orqali istalgan odam tekshira oladi.
Kurs tanlash5 ta kurs butunlay bepul. Qolganlari uchun bir marta toʻlaysiz.
Pullik kurslarning ham birinchi darsi bepul.
Bir marta toʻlaysiz, kurs umrbod ochiq. Maʼqul kelmasa, 1 hafta ichida pulingizni qaytaramiz (shartlari FAQʼda).
Admin tasdiqlagach kurs odatda 15 daqiqada ochiladi. Faqat rasmiy botdan foydalaning.
Yoʻq! CodeLearn toʻliq 0 dan boshlovchilar uchun. Fundamental bilimlardan boshlaymiz — teg nima, brauzer HTML ni qanday oʻqiydi — va bosqichma-bosqich davom etamiz. Oldindan bilimga ega boʻlish shart emas.
Biz amaliyot va loyihaga asoslangan oʻqishga eʼtibor beramiz, faqat nazariya oʻqimaysiz. HTML, CSS, JavaScript va algoritmlar kurslarida kodni shu yerning oʻzida yozib, natijani darhol tekshirasiz.
Baʼzi kurslar butunlay bepul. Pullik kurslarda birinchi darsni bepul sinab koʻrasiz; toʻliq kurs uchun esa bir martalik toʻlov qilasiz.
Kurs sahifasidagi «Telegram orqali toʻlov» tugmasini bosing — rasmiy @CodeLearnUzBot ochiladi va karta raqamini koʻrsatadi. Toʻlovdan keyin chekni rasm yoki PDF qilib yuboring.
Ha, ikki shart bilan: toʻlovdan keyin 1 hafta oʻtmagan boʻlsa va kursning 30% dan kamini tugatgan boʻlsangiz. Telegram orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yozing, pulingizni qaytaramiz.
Umrbod. Bir marta ochilgan kursga xohlagan vaqtingizda qaytib, oʻz surʼatingizda oʻqiysiz.
Ha, darslarni telefonda ham oʻqisa boʻladi.
Bu sizning surʼatingizga bogʻliq. Har bir darsga odatda 15–30 daqiqa vaqt sarflanadi. Kuniga 1–2 ta darsni oʻzlashtirsangiz, biror kursni taxminan 1–2 haftada tugatishingiz mumkin.
Ha. Kursdagi barcha darslar va final topshiriqlarni tugatganingizdan keyin profil yoki kurs sahifasidan raqamli sertifikat olasiz. QR kod orqali haqiqiyligini tekshirish mumkin.
Har bir kurs sizga fundamental bilim beradi, xuddi boshlangʻich sinfda alifboni oʻrganish kabi. Kursni tugatgach asosiy tushunchalarni bilasiz va oddiy loyihalar yarata boshlaysiz. Dasturchi boʻlish uchun esa koʻproq amaliyot va tajriba kerak. Kurslar dasturlash siz uchunmi yoki yoʻqligini ham aniqlab beradi.
Nazariyani emas — amaliyotni tanlang. 5 ta kurs butunlay bepul.
Oʻrganishni boshlash